07:56 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
1278 0 0

Sutka davomida 62 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 412 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 62 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 412 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 11 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida,12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 75 759 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.

Ayni paytda  1 038  nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 155 nafar bemor ogʻir, 30 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 615 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 86,4 milliondan oshdi, 1,8 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (21,0 mln), Hindistonda (10,4 mln), Braziliyada (7,8 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
yangi yil, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular