TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Henley & Partners (H&P) xalqaro konsalting kompaniyasi jahon pasportlarining yangilangan reytingini taqdim etdi.
Roʻyxatda Oʻzbekiston uch pogʻonaga pasayib, 86-oʻrinni egalladi. Reytingga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari 57 mamlakatga vizasiz kirishlari yoki yetib borgandan keyin viza olishlari mumkin.
Oʻzbekiston Kot-d'Ivuar va Gabon bilan 86-oʻrinni boʻlishib oldi.
Reytingda birinchi oʻrinda - Yaponiya. Yaponiya fuqarolariga 191ta davlatga vizasiz kirish huquqi berilgan. Ikkinchi oʻrinda Singapur (190), uchinchi oʻrinda Janubiy Koreya va Germaniya joylashgan (189).