O‘zbekistonda necha kishi kovidga qarshi vaksina oldi

© REUTERS / INQUAM PHOTOSMedsestra gotovit dozu vaksini ot koronavirusnoy bolezni (COVID-19)
Medsestra gotovit dozu vaksini ot koronavirusnoy bolezni (COVID-19) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi vaksina olganligi ma’lum bo‘ldi.
06.01.2021 y. holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi.
Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi.
Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi. 
6 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 82 nafar ko‘ngillini tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgandi.
 
Yangiliklar lentasi
0