10:01 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
71130

1950 yilda ishlab chiqarilgan Sovet ZIS-110 limuzini auto.ru portalida 26 million rublga sotuvga qoʻyildi

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. 1950 yilda ishlab chiqarilgan Sovet ZIS-110 limuzini auto.ru portalida 26 million rublga sotuvga qoʻyildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Avtomobil egasining taʼkidlashicha, ZIS-110 - urushdan keyingi 1945 yildan 1958 yilgacha ishlab chiqarilgan birinchi sovet avtomobili. Limuzin 140 ot kuchiga ega olti litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Egasining soʻzlariga koʻra, avtomobilni Tver shahridan olib ketish mumkin, holati juda yaxshi. Sotuvchining taʼkidlashicha, bir necha yil oldin avtomobil Moskvada toʻliq taʼmirdan oʻtgan va yoʻl harakati xavfsizligida roʻyxatga olingan.

Avtomobilning yurgan masofasi - 30 ming kilometrni tashkil qiladi.

Teglar:
Rossiya, avtomobil

Asosiy mavzular