18:00 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
546 0 0

Dekabr oyining oxirlarida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi uylarning birida tan jarohatlari bilan nomaʼlum ayolning murdasi topilgan.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. 2020 yilning 23 dekabr kuni Yashnobod tumanidagi uylarning birida tan jarohatlari bilan nomaʼlum ayolning murdasi topilgan. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

V chemodane bыl obnarujen trup
Generalnaya prokuratura Uzbekistana

 

Xabarga koʻra,  Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli Darya K. ekanligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, 22 dekabr kuni Darya tanishlari Aleksandr K. va Vladimir A. bilan Aleksandr K.ga tegishli Sultonali Mashhadiy koʻchasida joylashgan uylardan birida tibbiyot spirtini isteʼmol qilishgan. Soʻngra Darya mast holatda boʻla turib, Vladimir A.ga karate usullarini koʻrsatishni boshlagan.

Shu vaqtda u Vladimir A.ga bexosdan jarohat yetkazgan. Vladimir A. bundan jahli chiqib, yonida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan ikki marotaba ayolning koʻkrak qismiga jarohat yetkazgan. Natijada ayol tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketgan va yuqorida koʻrsatilgan joyda xushini yoʻqotib, vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Vladimir A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi doirasida hodisa sodir boʻlgan joydan oshxona pichogʻi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda Vladimir A. jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.

Asosiy mavzular