06:53 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
41 0 0

Andijon markaziy suv taʼminoti tizimida yuz bergan nosozlikka qaramasdan aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda - hokimiyat.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Andijon markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimida avariya sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 

“Andijon suv taʼminoti” MCHJ  xabariga koʻra, 9 yanvar kuni, Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi diametri 1400 mm.li boʻlgan “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvurining Andijon tumani Xortum MFYga qarashli “Anjirzor” koʻchasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan

Hokimiyat xabariga koʻra, ayni paytda viloyat markazining ayrim hududlariga Jalaquduq tumanida joylashgan "Paxtakor" yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari 40 dona maxsus suv tashish transporti vositalari orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.

Undan tashqari, ushbu favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun maxsus shtab tuzilib quvurni taʼmirlash ishlari toʻxtovsiz olib borilmoqda.  

Asosiy mavzular