18:02 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
289 0 0

Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslarni toʻxtatib qoʻyish muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslarni toʻxtatib qoʻyish muddatini 1 fevralgacha uzaytirdi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Avvalroq 2020 yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar yuqorida keltirilgan davlatlar, jumladan, Germaniya bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatilgan edi.

“Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib kolganligi sabali 2021 yil 10 yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, yuqorida keltirilgan davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda soʻnggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda boʻlgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilangan.

Shuningdek, soʻnggi 14 kun davomida bqorida keltirilgan davlatlarida boʻlgan holda uchinchi davlatlar orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qoʻyilgan.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, aviaparvozlar, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular