TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov TikTok ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ularning ota-onalariga murojaat qilib, ularni ogohlantirdi.
TikTokda "shumaxerlik" qilgan haydovchi jarimaga tortildi
“Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning TikTok platformasida fuqarolarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni oʻzlariga eʼtibor jalb qilish maqsadida turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini koʻplab kuzatyapmiz. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga koʻz yumsangiz, biz bunday axloqsizlikka yoʻl qoʻymaymiz. Esingizda boʻlsin, farzandingizga ham buni uqtiring”, - deydi Shohrux Gʻiyosov.
U fuqarolarning osoyishtaligini, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishini eslatgan.
TikTok uchun videoga Qurʼonni yirtgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi
“Ogohlantiramiz, farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang”, – deya soʻzlariga yakun yasadi Gʻiyosov.
TikTok yulduzi sobiq eri tomonidan onlayn-efirda yoqib yuborildi