16:03 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
66931

Iqtisodiyot fanlari doktori, RF Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirining sobiq oʻrinbosari Leonid Xolod Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga toʻliq integratsiyalashuvi taqdirda respublika koʻplab normativ va standartlarni tartibga keltirishi kerakligini taʼkidladi.

Dekabr oyi boshida Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini oldi. Ushbu oʻtish davri respublikaga keyingi integratsiya boʻyicha oʻz pozitsiyasini aniqlashga va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda bunga tayyorgarlik koʻrishga imkon beradi.

Iqtisodiyot fanlari doktori, RF Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirining sobiq oʻrinbosari Leonid Xolod YEOIIga qoʻshilgan taqdirda Oʻzbekiston qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi haqida gapirar ekan, respublika koʻplab normativ va standartlarni tartibga keltirish kerakligini taʼkidladi.

"Koʻpgina ichki hujjatlarni qabul qilish yoki oʻzgartirish kerak boʻladi, chunki YEOIIga qoʻshilish u yoki bu tarzda, oʻtish davrini hisobga olgan holda, savdoni tartibga solish choralarini uygʻunlashtirishni talab qiladi va hokazo", -  dedi Xolod.

Ekspertning fikriga koʻra, respublikaning dolzarb vazifasi - oʻz mahsulotlarini YEOII bozoriga kiritish sharoitlarini yaxshilash.

"Oʻzbekiston togʻ-kon sanoati va toʻqimachilik sanoatida kuchli, bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining juda keng assortimentiga ega. Meva va sabzavotlar juda sifatli, bozorda talabga javob beradi, istiqbollar juda yaxshi", - dedi Leonid Xolod.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
Teglar:
bozor, meva-sabzavot, eksport, Oʻzbekiston, Rossiya, YEOII

Asosiy mavzular