11:15 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
55920

Oʻzbekistonda birinchi marta - mualliflik huquqini buzgan havaskor xonanda maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

TOSHKENT, 12 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda sud Nasafiy taxallusi ostida ijod qilayotgan havaskor xonanda Akmalov Aziziddinni jarimaga tortdi, deb xabar qilmoqda Intellektual mulk agentligi.

Xabarda aytilishiga koʻra, bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayevning “Qora koʻzli sanamjon” qoʻshigʻini muallif roziligini olmasdan va yaxlitligini buzgan holda ijro etgani, uni internet tarmoqlariga joylashtirib moddiy manfaat koʻrib kelayotgani uchun “Nasafiy” ustidan Intellektual mulk agentligiga murojaat kelib tushgan.

Shundan sung Agentlik mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy sudga bayonnoma kiritgan. Sud Nasafiyni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177–moddasining 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari yaʼni 669 000 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

Bu Oʻzbekiston estradasida mualliflik huquqi buzilishi boʻyicha koʻrib chiqilgan birinchi ish boʻlsa ajab emas. Ushbu sohada koʻrib chiqilgan boshqa ishlar va jarimalar haqida Internetda maʼlumot topilmadi. 

Asosiy mavzular