06:51 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
156 0 0

Oʻtgan yilda 8 310 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2020 yilda 8 310 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Shuningdek, 141 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi iltimosnomalari qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Prezidentning Oliy Majlisga va xalqqa yoʻllagan Murojaatnomasida fuqarosizlikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida quyidagilar taklif etildi:

- 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va boshqa davlat fuqaroligini qabul qilmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni,

- Oʻzbekiston Respublikasi hududida uzluksiz 15 yil davomida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turib, Oʻzbekiston Respublikasida fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi asosida yashab turgan va chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish.

Taklif etilgan oʻzgarishlar natijasida 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan taxminan 20 ming nafarga yaqin fuqaroligi boʻlmagan shaxslar istak bildirgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadilar.

Bundan tashqari oʻrganish natijalariga koʻra, har yili taxminan 1 yarim ming nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Respublika hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganliklariga 15 yil muddat toʻlishini inobatga olsak, ushbu shaxslarni ham Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish imkoniyati yaratiladi.

Teglar:
pasport, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular