02:16 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
60 0 0

Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. “Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ishlarni nazorat tartibida koʻrish instantsiyasi tugatildi.

Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilandi.

Ishlar investitsiyaviy nizo boʻyicha yirik investorning, raqobatga oid ish boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra Oliy sud tomonidan koʻriladi.

Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati boʻyicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.

Nazorat instantsiyasi bekor boʻlgan boʻlsada, kassatsiya tartibida koʻrilgan ish takroran koʻrilishi mumkin.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, sud, Bosh prokuratura, prokuratura

Asosiy mavzular