Toshkentda 2021-yilda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGlavnoe zdanie Sankt-Peterburgskogo Gosudarstvennogo universiteta na Vasilyevskom ostrove v Sankt-Peterburge
Glavnoe zdanie Sankt-Peterburgskogo Gosudarstvennogo universiteta na Vasilyevskom ostrove v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filialning asosiy yo‘nalishlaridan biri sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.
Sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Filialning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Filialda:
  • ta’lim jarayoni “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi (Universitet) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlari asosida rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi;
  • kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida kadrlar tayyorlanadi;
  • ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filialga qabul parametrlari Filial tomonidan tasdiqlanadi.
Vozobnovlenie ochnogo obucheniya v Dalnevostochnom federalnom universitete - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Rossiya tibbiyot universiteti filiali va klinikasi tashkil etiladi
Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bunda davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari 3-yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.
To‘lov-kontrakt miqdori Filial tomonidan belgilanadi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Yangiliklar lentasi
0