TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 61 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 777 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 2 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 1 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Fargʻona viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sogʻayish koʻrsatkichi
Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 76 276 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda 883 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 158 nafar bemor ogʻir, 32 nafari oʻta ogʻir ahvolda.
Oʻlim holatlari
Oʻzbekistonda jami 618 kishi pandemiya qurboni boʻldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 91,6 milliondan oshdi, 1,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (22,8 mln), Hindistonda (10,5 mln), Braziliyada (8,2 mln).