01:56 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
20310

Rossiyada bir vaqtning oʻzida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan vaktsina kelasi yilning oxirida paydo boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Bir vaqtning oʻzida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan kombinatsiyalangan vaktsina kelasi yilning oxiriga kelib paydo boʻlishi mumkin. Bu haqda Gamaleya milliy markazi direktori Aleksandr Gintsburg RIA Novostiga maʼlum qildi.

Olimning soʻzlariga koʻra, bunday profilaktik preparatlarni yaratish texnologiyasi allaqachon ishlab chiqilgan: hozir uni gripp virusining turli xil variantlari va COVID-19 qoʻzgʻatuvchisi uchun moslashtirilmoqda.

"Biz hozirda mavjud boʻlgan shtammlar ustida ishlayapmiz, soʻngra aktual shtammlarni qoʻshishni rejalashtirmoqdamiz. <...> Klinik sinovlarni kelasi yilning boshida boshlaymiz", - dedi Gintsburg.

Bundan avval “Vektor” davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov ham SARS-CoV-2 koronavirusi va grippidan himoya qiladigan vaktsina yaratilishi haqida aytgandi. Noyabr oyining boshlarida uning hayvonlarda sinovlari boshlandi, preparat oʻz samaradorligini koʻrsatdi.

Teglar:
Gamaleya markazi, test sinovlari, Rossiya, vaktsina, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular