13:19 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1382)
1275 0 0

Sutka davomida 68 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 845 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 68 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 845 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 9 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Namangan viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 9 nafari Fargʻona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 20 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 76 335 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.

Ayni paytda 891 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 158 nafar bemor ogʻir, 32 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 619 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 93,1 milliondan oshdi, 1,9 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (23,3 mln), Hindistonda (10,5 mln), Braziliyada (8,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1382)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular