14:10 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
360 0 0

Hali dunyo hamjamiyatida kasallik qayd etilayotgan ekan, bir kunda 700 mingdan ortiq bemorlar qayd etilayotgan bir paytda, biz bu holatga eʼtiborsiz boʻlishimiz kerak emas, deydi Nurmat Otabekov.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov jurnalistlarga bergan intervyusida hozirgi barqaror vaziyat – aldamchi ekanligi, fuqarolar vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi joriy etilgan profilaktik tadbirlarga amal qilishlari, jumladan, tibbiy niqoblardan foydalanishda davom etishlari zarurligini taʼkidladi.

"Vaziyatni murakkablashtirib yuborish oʻz qoʻlimizda. Buni zinhor yoddan chiqarishimiz kerak emas. Negaki, koronavirus boʻyicha belgilangan profilaktik tadbirlarni vaqtida amalga oshirmaslik yoki karantin tadbirlariga rioya etmaslik nechogʻlik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini biz hayotimizda ikki marotaba sinab koʻrdik", - dedi Otabekov va hozirda koʻchalarda odamlar orasida niqoblarni taqishni butunlay unutganlar koʻp uchrayotganiga, ijtimoiy masofaga amal qilinmayotganiga eʼtibor qaratdi.

Otabekovga koʻra, fuqarolarda jamoat joylari, gavjum joylarga borish, tadbirlarni uyushtirishga intilish paydo boʻlayapti.

"Albatta, vaziyatni toʻgʻri tushunamiz, xalqimiz birmuncha zerikkan. Lekin eng asosiiy jihat - biz doka niqobni taqmaslik uchun emas, taqish uchun sabab qidirishimiz kerak boʻladi. Shundagina biz oʻylagan maqsadimizga yetamiz. Vaziyat jilovdan chiqib ketsa, qolaversa, karantin va cheklov tadbirlari yana keskin kuchaytirilishiga majbur boʻladigan boʻlsak, hayotimiz yana izdan chiqadi. yana qiyinchiliklarga roʻbaro kelishimiz mumkin", - deya ogohlantirdi epidemiolog.

Hali dunyo hamjamiyatida kasallik qayd etilayotgan ekan, bir kunda 700 mingdan ortiq bemorlar qayd etilayotgan bir paytda biz bu holatga eʼtiborsiz boʻlishimiz kerak emas, deb qoʻshimcha qildi Otabekov.

 

Nurmat Otabekovning fikricha, hozirgi barqarorlikni aldamchi barqarorlik sifatida qabul qilish kerak, albatta, bu olib borilayotgan mashaqqatli mehnat samarasi boʻlsa-da, ammo vaziyatni izdan chiqarib yuborish ehtimoli borligini zinhor unutmaslik kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni shu kungacha 78 mingga yaqinlashmoqda. Dunyo boʻyicha virusni yuqtirgan bemorlar soni esa 93 milliondan oshgan.

Teglar:
koronavirus pandemiyasi, bemorlar, oʻzbekistonlik, Oʻzbekiston, niqob, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi

Asosiy mavzular