13:01 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
13310

Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi boʻlganlarning davomati va oʻquv jarayonini onlayn nazorat qilish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. 2021 yilda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXBB) sohasida amalga qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga koʻra, haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqiyotgan nomzodlar davomati va oʻquv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Bundan tashqari, 2021 yilda transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. Toʻlovlarni esa toʻliq billing tizimiga oʻtkazish moʻljallangan. Bu fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarining oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.

Eslatab oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, haydovchilik guvohnomasi

Asosiy mavzular