O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsiz mamlakat deb topildi, Qirg‘iziston - eng xavfli

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo mamlakatlari jinoyatchiligi va xavfsizligining 2021-yilga mo‘ljallangan indeksini e’lon qildi. O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha dunyoda 40-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Numbeo portali dunyo mamlakatlari jinoyatchiligi va xavfsizligining 2021-yilga mo‘ljallangan indeksini e’lon qildi. U 100 balldan hisoblanadi: jinoyatchilikni baholash mezonlari qancha past bo‘lsa, xavfsizlik ko‘rsatkichi shunchalik yuqori bo‘ladi.
2021 yilda O‘zbekiston jinoyatchilik ko‘rsatkichi 34,70 ball, xavfsizlik ko‘rsatkichi 65,30 ballni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar bilan respublika xavfsizlik bo‘yicha dunyoda 40-o‘rinni egalladi. O‘tgan yilga nisbatan respublika 14 pog‘onaga pasayib, dunyoda 96-o‘rinni, Osiyoda 25-o‘rinni va Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinni egalladi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston davlati o‘z pozitsiyasini Litva va Kuvaytga boy berdi, ammo Vengriya va Germaniyadan oldinga o‘tdi.
Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha O‘zbekiston jinoyatchilik darajasi bo‘yicha 19-o‘rinni (2020 yilda 12-o‘rin) va jinoyatchik bo‘yicha qit’adagi 43 davlat orasida 25-o‘rinni egallab turibdi. Markaziy Osiyoda respublika eng xavfsiz mamlakatga aylandi, eng xavfli -Qirg‘iziston.
Jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan beshlikka -Venesuyela (84,25), Papua-Yangi Gvineya (80,24), JAR (77,07), Afg‘oniston (76,37) va Gonduras (74,78) kiritilgan.
Jinoyatchilik darajasi past bo‘lgan dunyodagi eng xavfsiz mamlakat - Qatar (12,29). Undan keyingi o‘rinlarda Tayvan (15.24), BAA (15.35), Ummon (20.26) va Man oroli (20.79) joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0