Prezident hujjatlari ijrosi joylarda qoniqarsiz deb topildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident qonuniy hujjatlari ijrosi 4 bosqichda amalaga oshiriladi: loyiha bosqichida rejalashtirish, tashkil etish va ko‘maklashish, ijroni baholash, ijroni nazorat qilishdir.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda, so‘nggi yillarda qabul qilingan qonuniy hujjatlar mazmunini mas’ullarga yetkazish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘zgardi
Majlisda qayd etilishicha, so‘nggi 4-yilda 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilingan, lekin hudud va tashkilotlarda ularning bajarilishi qoniqarli emas. Ayrim sohalarda islohotlar kutilgan natijalarni bermagani sababli mazkur sohalar rahbarlari ishdan olindi. Xususan, oliy ta’lim, transport, suv xo‘jaligi, davlat mulkini boshqarish sohalarida.
Undan tashqari yana bir qator vazir va vazir o‘rinbosarlari faoliyati qoniqarsiz deb topilib, ularga intizomiy jazo qo‘llanildi. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashiga ko‘ra, ijro tizimidagi kamchiliklarda ayrim rahbarlarning dunyoqarashi o‘zgarmayotgani sabab bo‘lgan. 
– Ijro tizimidagi eng katta muammo – dunyoqarash o‘zgarmayotgani, bilimsizlik va mas’uliyatsizlik, – dedi prezident.
Yuqoridagi vaziyatni hisobga olgan holda, O‘zbekistonda 4  bosqichli ijro tizimi joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Zdanie Ministerstva yustitsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
Bular ijroni loyiha bosqichida rejalashtirish, ijroni tashkil etish va ko‘maklashish, ijroni baholash, ijroni nazorat qilishdir.
Hujjatlarni amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish maqsadida adliya vaziri o‘rinbosarlari markaziy idoralarga biriktiriladi. O‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlarini har bir sohaga oid qaror bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi. Adliya vazirligi viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari boshliqlari esa qarorlarni tadbirkor va fuqarolarga tushuntirishga mas’ul bo‘ladi.
Majlis tafsilotlari bilan batafsil quyida tanishish mumkin. 
 
Yangiliklar lentasi
0