TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Rahmatjon Qurbonov nafaqat men uchun, balkim butun Xorazm xalqi, oʻzbek xalqi uchun buyuk sanʼatkor inson edi. U kishida Xudo bergan qobiliyat, talant bor edi, deydi Oʻzbekkontsertning Xorazm viloyati boʻlimi boshligʻi Hamid Sapayev Sputnik muxbiriga.
U kishi qoʻshiqchilik sanʼatini estradadan tortib maqomgacha, xalq qoʻshiqlarigacha oʻrgangan edi. Undan tashqari adabiyot va sanʼatning barcha turlarini juda yaxshi biladigan inson edi. Men u kishidan koʻp marotaba maslahatlar olganman, koʻp narsani oʻrganganman.
Rahmatjon Qurbonov menga yaqin doʻst edi. Biz u kishi bilan tez tez muloqot qilib turar edik. U kishi juda kamtar, oʻzini qoʻlda ushlab tura oladigan, aqlli inson edilar. Aytadigan har bir soʻzini oʻylab aytar edi. U kishidan biror marta bekorchi, arzimas gaplarni eshitmaganman,- deydi Sapayev.
Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Lazgi” ansamblining sobiq rahbari Ahmadjon Qurbonov 18 yanvar kuni vafot etgan edi.