TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilda 175,6 migtta oʻlim qayd etilgan, har 1000 aholiga oʻlim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasining 2020 yil yakunlari boʻyicha demografik raqamlari darak bermoqda.
Bu 2017 yilgi oʻlimlar sonidan 14,7 mingtaga (9,27 foizga), 2018 yilgi oʻlimlar sonidan 20,7 mingtaga (13,36 foizga), 2019 yilgi oʻlimlar sonidan 21 mingtaga (13,58 foizga) koʻp.
2020 yilda qayd etilgan oʻlim holatlarining 60,0 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 foizi oʻsimtalardan, 7,2 foizi nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 4,4 foizi ovqat hzm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 4,4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Viloyatlar kesimi boʻyicha eng koʻp oʻlim holatlari Toshkent shahriga (21,2 ming), Fargʻona (18,5 ming), Toshkent (18,4 ming) va Samarqand (18,4 ming) viloyatlariga toʻgʻri kelgan. Eng kam oʻlim holati esa Navoiy (5 ming) va Sirdaryo (4 ming) viloyatlarida kuzatilgan.