12:17 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
186 0 0

Oʻzbekistonda 2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabriga qadar avtomashinalarning “tonirovka”sidan byudjetga 302,6 mlrd soʻmdan ziyod pul kelib tushgan.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabriga qadar “tonirovka” uchun 82 125 ta ruxsatnoma berilgan. Jami 302 mlrd 635 mln soʻm pul mablagʻlari Hukumat qaroriga asosan toʻlov sifatida undirilgan.

IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini qoraytirish uchun:

  • 2019 yil 5 avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan soʻng) 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar 31 367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 mlrd 980 mln soʻm pul mablagʻlari;
  • 2020 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar 50 758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd 395 mln soʻm pul mablagʻlari;
  • 2020 yil 1 yanvardan 9 oktyabr kuniga qadar 28 326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 mlrd 638 mln soʻm pul mablagʻlari;
  • 2020 yil 10 oktyabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan soʻng) 31 dekabr kuniga qadar 22 432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 mlrd 757 mln soʻm pul mablagʻlari toʻlangan.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-sonli qarori bilan yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini oʻzgartirish (qoraytirish) narxi BHMning 10 baravaridan — 2 mln 230 ming soʻmdan BHMning 5 baravariga, yaʼni 1 mln 115 ming soʻmga tushirilgan.

Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan. Yuqoridagi qaror kuchga kirgach, bir kunda oʻrtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan (ilgari bir kunda oʻrtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan).

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, tonirovka

Asosiy mavzular