Qozog‘iston delegatsiyasi Eshonobod qishlog‘ida mehmon bo‘ldi - tafsilotlar

© SputnikVstrecha kazaxskoy delegatsii v kishlake "Eshonobod" - kak eto bilo
Vstrecha kazaxskoy delegatsii v kishlake Eshonobod - kak eto bilo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq markazida tashkil etilgan tantanalarda qishloqdagi ko‘p millatli aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat muhitini ko‘rish mumkin. Mehmonlarga o‘zbek, qozoq, tojik, rus va tatar millatlarining urf-odatlari, milliy taomlari, namoyish etildi.
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati akimi U.Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlog‘ida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Selo Eshonobod v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
"Hayratlanarli o‘zgarishlar": Rossiya elchisi Chinozdagi yangilangan qishloqqa baho berdi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent viloyati hokimi, Chinoz tumani mas’ullari va hudud faollari ishtirok etdi.
Qishloq markazida tashkil etilgan tantanalarda qishloqdagi ko‘p millatli aholining ahil-inoq, totuv-hamjihat muhitini ko‘rish mumkin. Mehmonlarga o‘zbek, qozoq, tojik, rus va tatar millatlarining urf-odatlari, milliy taomlari, namoyish etildi.
Eshonobod qishlog‘i tuman markazidan 20 kilometr olisda, qo‘shni davlat bilan chegara hududda joylashgan. Bu yerda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik va boshqa millatlarga mansub 3,2 ming aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturi natijasida yangi qiyofaga kirgan mazkur hududda katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 
Direktor Instituta professionalnogo kadrovika Valentina Mitrofanova  - Sputnik O‘zbekiston
Yangi ish o‘rinlarni qishloqda yaratish kerak - rossiyalik mutaxassis
Do‘stlik bayramiga aylangan tadbirda qishloqning Fayzobod ko‘chasida qad rostlagan zamonaviy mahalla markazi bilan tanishuv mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 
Markazda fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha "Obod va xavfsiz mahalla" hamda "Mahalla raisi – islohotchi" tamoyillari asosida yangi tizim samarali joriy etilgan. Mehmonlar binodagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mamlakatimizda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning chekka bir qishloqdagi natijasiga yuqori baho berdi.
Yangi barpo etilgan 200 o‘rinli Madaniyat saroyi ko‘p millatli qishloq yoshlarining musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at, kompyuter texnologiyalari bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun imkoniyat yaratdi. Shuningdek, “Kitobxonlar bog‘i”ning barpo qilindi. Uning markazidagi Kitob monumenti esa yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tiborning belgisidir. Bu yerga kirgan inson mamlakatimiz va jahondagi eng nodir me’moriy obidalarning ixcham maketlarini ko‘rib zavqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0