05:57 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
261 0 0

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida A.A. va M.A. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi bogʻcha MTM faoliyati boʻyicha material tayyorlash maqsadida muassasa rahbaridan ikki yuz ming soʻm olayotgan vaqtida tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Andijon shahridagi qator maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻzlarini "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari" deb tanishtirgan fuqarolar — A.A. va M.A. muayyan muammolarni aniqlab, muassasalar rahbarlaridan pul talab qilishgan.

Bu haqda AOKA xabar bermoqda.

Xususan, A.A va M.A Andijon shahridagi 3ta maktabgacha taʼlim muassasasini tekshirib, ularning faoliyatida turli kamchiliklar aniqlab, muassasa rahbarlaridan jami 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mablagʻini noqonuniy tarzda talab qilib olgan. Ularning xatti-harakatlaridan norozi boʻlgan Andijon shahridagi maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 61-son muassasa rahbari mazkur taʼmagirlik holati yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2021 yilning 19 yanvar kuni A.A. va M.A. Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan 28-sonli MTM faoliyati boʻyicha material tayyorlash maqsadida muassasa rahbaridan 200 000 (ikki yuz ming) soʻm miqdorida pul mablagʻi olayotgan vaqtida tuman ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Ularga tegishli qalbaki guvohnomalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Tekshirish davomida ushbu shaxslar "Xalq irodasi" jurnali tahririyati tomonidan berilgan guvohnomalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi nomi yozilgan hamda davlat ramzi (gerbi) qoʻyilgan guvohnomalardan foydalanib bogʻchalar faoliyatini tekshirib yurganligi maʼlum boʻldi. Ular "Xalq irodasi" jurnali tahririyatida jamoatchilik shartnomasi asosida ishlab kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Marhamat tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlar olib borilmoqda.

Agentlik bu kabi holatlar takror sodir etilgani bois barcha fuqarolardan hushyor va ogoh boʻlishga chorlab qolgan.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning iyul oyida Buxoro viloyatida oʻzlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining vakillari va "Yurt salohiyati" gazetasi muxbirlari deb tanishtirgan shaxslar qoʻlga olingani xabar berilgan edi.

Asosiy mavzular