13:41 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
22200

Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Zagros Airlines Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻymoqchi.

Bugun Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev va “Zagros Airlines” aviakompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan boʻlib oʻtgan muloqotda ikki davlat oʻrtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, aviakompaniya vakillari yoʻnalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish boʻyicha qator takliflarni bildirdi. Xususan, “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qoʻyish istagida ekanligini maʼlum qildi. 

Asosiy mavzular