14:28 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
319 0 0

2018 yilda 1 200 dan, 2019 yilda 1 400 dan va 2020 yilda 1 800 dan ortiq loʻli bolalariga ijtimoiy yordam berilgan.

TOSHKENT, 23 yanv - Sputnik. Inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasida "Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisida"gi xalqaro konventsiyani bajarish boʻyicha milliy harakatlar rejasi yuzasidan Bosh prokuraturaning axboroti eshitildi.

Mazkur milliy harakatlar rejasining 12 ta tadbirida Bosh prokuratura ijrochilar qatorida nazarda tutilgan boʻlib, unga koʻra etnik guruhlarning huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillar muntazam tahlil qilinmoqda.

Jumladan, "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanishi belgilangan.

Respublikada 2020 yil yakuni boʻyicha 28 mingdan ortiq loʻli bolalari qayd etilgan boʻlib, ularning 15 ming nafari uy, 428 nafari maktabgacha taʼlim tarbiyasida, 12 ming nafari maktablarda, 98 nafari kollej va litseylarda taʼlim olayotganlar hisobiga toʻgʻri keladi. 2018 yilda 1 200 dan, 2019 yilda 1 400 dan va 2020 yilda 1 800 dan ortiq loʻli bolalariga ijtimoiy yordam berilgan.

Qayd etilgan etnik guruhlar va apatridlar uchun irqiy kamsitishlar sohasida huquqiy himoya masalalari boʻyicha Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda seminar-treninglar ishlab chiqilgan.

Parlament komissiyasida BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi doirasida Bosh prokuratura tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar ham belgilanib olindi.

Asosiy mavzular