18:30 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
10510

Tasdiqlangan kontseptsiyaning maqsad va vazifalari quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi. “Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi hamda uni 2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, Kontseptsiyaning maqsad va vazifalari quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

  • yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;
  • muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;
  • aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;
  • muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.

Qaror bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq, “Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisida”gi qonunini qabul qilish nazarda tutilgan.

Kontseptsiyani amalga oshirish natijasida, jumladan:

- maktablarda 7-sinf oʻquvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf oʻquvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan oʻquvchilarni davlat va nodavlat oʻquv markazlari yordamida kasbga oʻrgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;

- madaniyat va sanʼat bilan muntazam shugʻullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;

- yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanishiga erishiladi;

- respublikada 3-7 yoshgacha boʻlgan bolalarning 80 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi;

- barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman(shahar)larda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etiladi, “Bir million oʻzbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar oʻqitiladi;

- volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari yaratiladi;

Kontseptsiya, erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular