09:35 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
198 0 0

Oʻtgan kuni yana 54 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Shulardan 30 nafari Toshkent shahridan.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻtgan kun davomida Oʻzbekistonda yana 54 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 78 429 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Mamlakatda kasallikdan sogʻayganlar jami 76862 (+47) nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Qurbonlar kuzatilmagan va ular soni 621 nafarligicha qolmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 946 nafar bemordan 158 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Teglar:
koronavirus pandemiyasi, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular