UzAvto yangi Chevrolet Trackerni savdoga chiqardi

© UzAuto MotorsObnovlenniy Chevrolet Tracker
Obnovlenniy Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangilangan Chevrolet Tracker panorama lyuk, 8 dumli ekranli audiotizim, orqa kamera  va kalitsiz kirish kabi qulayliklar bilan jihozlangan. 
TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. UzAvto Motors yangi Chevrolet Trackerni savdoga chiqardi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy veb sahifasi. 
Yangi krossover birinchi navbatda o‘zining zamonaviy dizayni, xavfsizligi va tejamkorligi bilan xaridorlarning jalb qilishi kutilmoqda. Shuningdek uning qulaylik va samaradorlik xususiyatlari ham oshirilgan.
© UzAuto MotorsObnovlenniy Chevrolet Tracker
Obnovlenniy Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Xususan, yangi Trackerda panorama lyuk, svetodiodli chiroqlar, 8 dumli ekranli audiotizim, orqa kamera,  va boshqa ko‘plab qulayliklarni topish mumkin. 
Tracker zamonaviy, 123 ot kuchiga ega bo‘lgan 3 silindrli ECOTEC turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, uning onilg‘i sarfi 100 kmga - 5,5 litrni tashkil qiladi (aralash sikl). 
Avtomobil shuningdek 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi, kalitsiz ochib/yopish va o‘t oldirish, ekologiyani asrash va yoqilg‘i tejashga mo‘ljallangan "start-stop" tizimlari bilan jihozlangan. 
"Yangi Chevrolet Tracker 2021-yilning 25-yanvar sanasidan boshlab 2ta komplektatsiyada savdoga chiqarildi", - deyilgan xabarda. 
Chevrolet Trackerning · boshlang‘ich komplektatsiyasi - 145 130 000 so‘mdan boshlanadi. LT komplektatsiya - 193 043 478 so‘m*. (*Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan)
Ayni damda kompaniya boshlang‘ich komplektatsiya avtomobillari sotuvda yo‘q, lekin xaridorlardan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Yetarli miqdordagi so‘rovlar jamlanganidan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini ta’minlaydi, - deyilgan rasmiy xabarda.
Yangiliklar lentasi
0