01:14 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
123 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablarning birida oʻqituvchilar hokimlikdan Islom Karimov byusti tarqatilgani va bu uchun ulardan majburan pul yigʻilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Qashqadaryoda viloyatidagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yigʻilgani haqida xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.

Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga yetkazish boʻyicha tayyorlangan byustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga yetkazib berish toʻgʻrisida taklifiy taqsimot jadvaliga koʻra, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan.

Ushbu byustlar viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga taqsimlab berilgan. Jumladan, Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, Gʻuzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabogʻ tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona byustlar taqsimot qilib berilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida homiylik yoki byudjetdan tashqari tushgan mablagʻ asosida shakllantirib, maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.

Qolgan 5 ta tumanda Islom Karimovning byustlari, oʻzlari tashabbus koʻrsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilgan.

“Pul mablagʻlari maktablar jamoasidan yigʻib olinmaganligi maʼlum boʻldi”, — deyilgan xabarda.

Teglar:
Xalq taʼlimi vazirligi (XTV), Qashqadaryo viloyati

Asosiy mavzular