Saylovni oktabrga ko‘chirish nima uchun kerak - Oliy Majlis javobi

Obuna bo‘lish
Saylovdan keyingi muhim siyosiy tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun prezident saylovi dekabrdan oktabrga ko‘chirilishi maqsadga muvofiq.
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Oliy Majlis qonunchilik palatasida 25-yanvar kuni yil oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan prezident saylovlarini oktabr oyiga ko‘chirish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan edi.
Muhokamada qayd etilishiga ko‘ra, prezident saylovini dekabr oyining uchinchi dekadasida o‘tkazish – saylovdan keyingi muhim siyosiy tadbirlarning va boshqa islohotlarning kechiktirishiga sabab bo‘ladi.
“Shu bois, qonun loyihasiga ko‘ra, saylovlarni oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazish taklif etilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, deputatlar tomonidan taklif qilingan yangi qonun loyihasida, partiyalar saylov kampaniyasini moliyalashtirish, chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ham saylovda ishtirok etishini ta’minlash, saylovoldi tashviqoti qoidalariga o‘zgartirish kiritishga doir o‘zgartirishlar kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0