19:15 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
189 0 0

Past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini tarmoqqa ulash yoʻnalishlari boʻyicha standartlar koʻrib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda elektr energetika sohasidagi mavjud standartlar xalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich qayta koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, prezidentning tegishli  qarori bilan Frantsiyaning “Assystem Engineering and Operation Services S.A.S” korxonasi bilan “Uzassystem” loyiha instituti tashkil etilgan.

Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatatsiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilgan.  Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstantsiyalar, rele himoyasi va maʼlumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yoʻnalishidagi 700 dan ortiq standartlar koʻrib chiqilgan.

Ushbu standartlardan zamon talablariga toʻgʻri kelmaydigan 536 tasi xalqaro standartlarga almashtirish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga taklif kiritilgan.

“Shuningdek, 2021 yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini tarmoqqa ulash yoʻnalishlari boʻyicha standartlar koʻrib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu standartlarni qabul qilinishi elektr energetika obʼyektlarini loyihalash, qurish va ekspuatatsiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligining oshishiga imkon berishi aytilmoqda.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Energetika vazirligi, elektr energiyasi

Asosiy mavzular