06:20 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
13201

15 apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur boʻladi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 15 apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur boʻladi.  Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qonunga imzo chekdi.

Hujjat 27-1 modda — "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari" bilan toʻldirilgan.

Oʻzgartirishlarga koʻra:

  • Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlari jismoniy jihatdan Oʻzbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
  • maʼlumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet orqali maʼlumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
  • maʼlumotlarni lokalizatsiya qilish, yigʻish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.

Oʻzgartirishlar uch oy ichida, yaʼni 15 apreldan boshlab kuchga kiradi.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonun 2019 yilning yanvarida qabul qilingan va oʻsha yilning 1 oktyabridan kuchga kirgan.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir maʼlumotlar jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Asosiy mavzular