TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi koʻzlangan rejalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham boʻlgan, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.
Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yoʻlga qoʻyiladi.