06:08 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
103 0 0

Oʻzbekistonda Xitoy vaktsinasi koʻngillilarda sinovdan oʻtmoqda. 1 fevraldan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash boshlanadi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi, deb xabar qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Botir Qurbonov AOKAda.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlarini maxsus “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtkazish boʻyicha vaktsinatorlar roʻyxati shakllantirilgan va 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash boʻyicha boʻyicha trening va seminarlar boshlanadi.

Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, yangi koronavirus rekombinant vaktsinasining III faza klinik sinovlarini oʻtkazish doirasida Oʻzbekistonga 5000 dona vaktsina olib kelingan. 

2020 yilning 12 dekabridan boshlab 2021 yil 27 yanvariga qadar 9583 nafar koʻngillilar tibbiy koʻrik va suhbatdan oʻtkazilgan va 4617 nafar koʻngilli vaktsinatsiya amalga oshirildi, deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 78 510 nafar. Ularning 98,0 fizi (76 997 nafar) butunlay tuzaldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 892 nafar boʻlib,  bemordan 158 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir va 702 nafari yengil shaklda davolanmoqda. Koronavirusdan sogʻayish koʻrsatkichi — 86 %. 

Asosiy mavzular