09:30 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
380 0 0

Oʻzbekistonda prezident tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etish tartibi belgilandi.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Farmonga koʻra, prezidentning islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari boʻyicha shoʻʼbasi – Oʻzbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalarining fuqarolik va afv etish shoʻʼbasi etib oʻzgartirildi.

Endilikda prezident mahkumning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning afv etishni soʻrab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar oʻz tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishi mumkin.

Bu haqda Shoʻʼbaga prezidentning topshiriq xati yuboriladi.

Shoʻʼba prezidentdan topshiriq xatini olgan kundan eʼtiboran 1 ish kuni ichida prezident huzuridagi Afv etish masalalari boʻyicha Komissiyasi aʼzolariga majlis oʻtkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.

Komissiya majlisi yakunida boʻyicha Shoʻʼba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini oʻrganish uchun ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.

Ishchi guruh Komissiya muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi koʻrib chiqilishiga eʼtirozi yoʻqligi haqida rozilik xati oladi. Rozilik xatiga zarur hujjatlar ilova qilinadi.

Mahkum yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.

Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan  hujjatlarni muhokama qilib, afv etilishi mumkin boʻlgan mahkumlar yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslar boʻyicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va prezidentga taklif kiritadi.

Komissiyaning mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, ularga kelgusida afv etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi.

Teglar:
afv, prezident farmoni, prezident

Asosiy mavzular