23:00 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
21910

Dastlabki bosqichda Xitoy vaktsinasidan foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda Yevropada ishlab chiqarilgan vaktsinadan foydalanish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Samarqandda fevral oyining birinchi yarmida 15 ming kishi koronavirusga qarshi emlanadi. Bu haqida Sputnik muxbiriga  Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi rahbari Adham Bahronov aytib berdi.

Vaktsinani birinchi navbatda tibbiyot sohasi xodimlari, shifokorlar, katta yoshdagi surunkali kasalga ega boʻlgan kishilar, oʻqituvchilar va bogʻchalar tarbiyachilari vaktsina oladi, - dedi Baxronov. 

Dastlabki bosqichda Xitoy vaktsinasidan foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda Yevropada ishlab chiqarilgan vaktsinadan foydalanish rejalashtirilgan.  

Sanitariya bosh shifokori aytishiga koʻra, Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi borasida ham muzokaralar olib borilmoqda. Ayni damda ushbu vaktsina Rossiyada 3 bosqich sinovlardan oʻtayotgani tufayli, undan foydalanish uchun taaluqli tashkilotlar ruxsat berishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, ayni damda Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vaktsinasi Oʻzbekistonda 9000 kishida sinovdan oʻtgan.

Asosiy mavzular