Birinchi fevraldan kimning maoshi 10 % oshadi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-fevraldan budjet muassasalari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshadi, lekin ayrim nafaqa turlari miqdori o‘zgarmaydi.
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 1-fevraldan boshlab maoshlar va ayrim ijtimoiy to‘lovlar miqdori oshadi.  
"2021 yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin", - deyilgan prezident qarorida
Shuningdek qo‘yidagi to‘lov miqdorlari ham oshiriladi:
  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (avval 679 330 so‘m);
  • bazaviy hisoblash miqdori – 245 ming so‘m (avval 223 ming so‘m);
  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
                  a) 1ta bolali oilalarga – 144 100 so‘m (avval 131 ming);
                  b) 2ta bolali oilalarga – 238 700 so‘m (avval 217 ming);
                  v) 3ta va undan ortiq bolali - 334 400 so‘m (304 ming);
Oshmaydigan to‘lov turlari:
  • Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 ming so‘m;
  • Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 mingdan 653 ming so‘mgacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 mingdan 1 085 ming so‘m (avval ham  shuncha, ya’ni oshmaydi) etib belgilangan.
Maoshlar va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha ushbu o‘zgarishlar 2021-yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. 
Yangiliklar lentasi
0