17:47 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
208 0 0

Oʻzbekiston fuqarolari fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi bilan ham bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda endi ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori 2021 yil 26 yanvarda 3285-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 

Hujjatga asosan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

"Unda fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi", - deyilgan Markaziy bank xabarida.

Taʼkidlanishicha, mazkur oʻzgartirishlar bank va mijoz oʻrtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini taqdim etish bilan bogʻliq tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 2021 yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.

Asosiy mavzular