10:08 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi koronavirusning “britancha shtammi”ni aniqlash jarayoni haqida maʼlumot berdi. Uni aniqlashga 5 kun sarflangan.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori oʻrinbosari, professor Alisher Abdullayev koronavirusning “britancha shtammi”ni aniqlash jarayoni haqida maʼlumot berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, “britancha shtamm”ni genetik aniqlash jarayoniga taxminan 5 kun vaqt sarflandi. Bu jarayon anchayin murakkab boʻlib, har bir bosqichini alohida nazorat qilish talab etiladi. Ushbu usul, yaʼni maxsus praymerlar markaz olimlari tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan.

“Britancha shtamm”: oʻzbekistonlik olimlar yangi test yaratish ustida ish olib bormoqda

“Britancha shtamm”ni aniqlash jarayoni:

  • barcha taqdim etilgan namunalarni koronavirus RNKsi DNK shaklga oʻtkazish;
  • Real Time PCR reaktsiyasi yordamida “britancha shtamm”ning marker mutatsiyasi skriningini oʻtkazish;
  • namunani sekvenlashga (genlarning DNK ketma-ketligini aniqlashga) tayyorlash;
  • “britancha shtamm”ni aniqlash uchun virus shtammining ORF1ab kodlangan hududi mutatsiyalari va S geni mutatsiyalari maqsadli uchastka sifatida tanlab olish;
  • natijalarni kompyuterda qayta ishlab, xalqaro maʼlumotlar bazasidagi ketma-ketliklar bilan solishtirish.

Abdullayev “britancha shtamm”ga xos qator mutatsiyalar mavjudligi tasdiqlanganidan keyingina, maʼlumotlar Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etilganini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 30 yanvar kuni Oʻzbekistonga koronavirusning “britancha shtammi” kirib kelgani maʼlum boʻlgan edi. U Dubaydan safardan qaytgan 10 yoshli poytaxtlik qizaloqda aniqlangan.

Teglar:
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular