Koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota aeroporta Vnukovo
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hid va ta’m sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari haqida ma’lumot berdi.
Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati koronavirusning “britancha” deb ataluvchi yangi shtammiga yo‘tal, kuchli charchoq, tomoq va mushaklardagi og‘riq kabi belgilar xos ekanligini, ammo hid va ta’m sezmaslik alomati esa avvalgi shtammdagiga qaraganda kamroq uchrayotganini aniqlagan.
Rabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
O‘zbekistonda koronavirusning “britancha shtammi”ni aniqlash jarayoni qanday kechdi?
Idoraning xulosalari Angliyada tasodifiy tanlab olingan va COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 6 ming kishining ma’lumotlarini qayta ishlash natijasida chiqarildi.
Hid va ta’m sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda. Ammo ular hali ham kasallikning uchta asosiy alomatlari (yuqori isitma, yaqinda paydo bo‘lgan doimiy yo‘tal va ta’m sezuvchanligini o‘zgarishi) orasida.
Kasallanganlarning aksariyatida ushbu uchta alomatdan kamida bittasi namoyon bo‘lmoqda.
Statistika idorasi xodimlari yangi COVID-19 shtammiga musbat test olishdan oldin bir hafta davomida bemorlar boshdan kechirgan alomatlarni tahlil qilgan. Ular “asl” (avvalgi) shtammni yuqtirganlarning alomatlari bilan taqqoslandi.
Bunda 2020-yil noyabr oyining o‘rtalaridan 2021-yil yanvar oyining o‘rtalariga qadar kasal bo‘lgan odamlarning natijalari hisobga olindi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, yangi shtamm birinchi holatda bo‘lgani kabi uchta emas, ikkita gen bilan mos keladi.
  • 3,5 ming kishidan iborat yangi shtammni yuqtirganlar guruhidan:
  • 35 foizi yo‘tal;
  • 32 foizi charchoq;
  • 25 foizi mushak va tana og‘rig‘i;
  • 21,8 foizi esa tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilgan.
Oldingi shtamm bilan kasallangan 2,5 ming kishilik guruhdan:
  • 28 foizi yo‘tal;
  • 29 foizi charchoq;
  • 21 foizi mushak va tana ;
  • 19 foizi esa tomoq og‘riganini  aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi shtammni yuqtirganlarning 16 foizi ta’m sezuvchanligini, 15 foizi hid sezish qobiliyatini yo‘qotgan. Bu eski shtamm bilan kasallangan odamlardagiga qaraganda kamroq (ikkala holatda ham 18 foiz).
Bosh og‘rig‘i, nafas olish qiyinlishuvi yoki diareya va qayt qilish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar ikki shtammda ham bir xil bo‘lgan.
Preduprejdenie zakritii fransuzskoy granisi na vyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2020
"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi
Olimlarning fikriga ko‘ra, virus tarkibidagi ba’zi bir o‘zgarishlar organizmning immun reaksiyasiga ta’sir qilishi va infeksiyani keltirib chiqaradigan alomatlarga ham ta’sir qilishi mumkin. Yangi shtammni yuqtirganlarning organizmida virus intensiv ravishda ko‘payib ketish ehtimoli yuqoriroq. Bu esa infeksiyaning butun tanaga kengroq tarqalishiga hamda kuchli yo‘tal, mushaklarda og‘riq va charchoq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning “britancha shtammi” kirib kelgani ma’lum bo‘lgan edi. U Dubaydan safardan qaytgan 10 yoshli poytaxtlik qizaloqda aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0