06:33 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
113 0 0

11 fevraldan haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Fargʻona – Urganch yoʻnalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Joriy yilning 3 va 6 fevral kunlari Urganch – Fargʻona – Urganch yoʻnalishida muntazam parvozlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, bu mamlakatda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi quyidagi jadval asosida parvozlarni amalga oshiradi:

Urganch – Fargʻona

  • Uchish soat 10:55 da,  qoʻnish 12:35 da.

Fargʻona – Urganch

  • Uchish soat 14:05 da,  🛬  qoʻnish 15:45 da.

Joriy yilning 11 fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Fargʻona – Urganch yoʻnalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.

Teglar:
Urganch, Fargʻona, aviaparvozlar

Asosiy mavzular