11:06 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
82311

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Xalqaro tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazantsev Oʻzbekiston va Tojikiston hukumati davlat chegarasini qanday qilib demarkatsiya qilishi xususida oʻz fikrlarini bildirdi.

Yanvar oyi oxirida Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari oʻrtasida oʻzbek-tojik davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda qoʻshma dala ishlarini oʻtkazish sanalari va joylari toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, davlat chegarasi hududni chegaralash uchun murakkab joyda joylashgan, chunki yondosh hududda koʻplab anklavlar, sugʻorishda foydalaniladigan kanallar mavjud.

"Chegara ozmi-koʻpmi aniqlangan, u Oʻzbekiston tomonining tashabbusi bilan oʻz vaqtida bir tomonlama aniqlangan. Bundan tashqari, u yerda muhandislik inshootlari barpo qilingan. Agar nazariy jihatdan tojik tomoni, ilgari bir tomonlama boʻlgan demarkatsiyani tan olsa, demak buni osonlikcha amalga oshirish mumkin boʻladi. Yoʻq boʻlsa, unda uzoq vaqt muzokaralar olib borish, keyinchalik hatto baʼzi inshootlarni demontaj qilishga toʻgʻri keladi", - deb izohladi Kazantsev.

Siyosatshunos taʼkidlashicha, Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan tomonlar barcha masalalar boʻyicha kelishib olishlari va nizolardan qochib, vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishlari mumkin.

Teglar:
chegara, Tojikiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular