Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik qizg‘in - Sputnik reportaji

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVid sverxu na ploshad Registan v Samarkande
Vid sverxu na ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
2022 yilda shahar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo uchun eng muhim voqealardan biri - ShHT sammitiga mezbonlik qiladi. Tadbirda 20 ga yaqin davlat yetakchilari va rahbarlar ishtirok etishi kutilmoqda
TOShKENT, 2 fev — Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan Samarqand bo‘ylab aylanib, shaharda qanday qurilishlar boshlab yuborilgani va shahar ShHT sammitiga tashrif buyuruvchi mehmonlarni, qolaversa, turistlarni nimasi bilan hayratlantirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida so‘zladi.
Novie texnologii i sanitarnaya bezopasnost: kak stroitsya aeroport v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Samarqand yangi aeroporti 1-sentabrdan ishga tushadi
2022 yilda aynan Samarqandda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazish uchun barcha zarur infratuzilma joriy yil yakunigacha tayyor holatga keltiriladi, deydi Abduxakimov.
Shu munosabat bilan shaharda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan.

Yulduzli aeroport

Rasmiylar Samarqand xalqaro aeroportini davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, ShHTga a’zo mamlakatlar mehmonlarini kutib olishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan.
Qurilish ishlari hozirda to‘liq hajmda olib borilmoqda. Yangi aeroport zamonaviy va yuqori texnologiyali bo‘ladi.
Aeroport Muynak prinyal perviy probniy passajirskiy reys - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2020
Mo‘ynoq aeroporti ilk bor katta samolyotni qabul qildi
Aziz Abduhakimov ishni aynan shu obyektni ko‘zdan kechirishdan boshladi.
Loyiha dizayni "o‘tmish va hozirgi zamon sintezi"ni eslatadi. Aeroport "ochiq kitob" shaklida, bino tomida esa samolyot Samarqandga pastlayotgan vaqtda yulduzlar turkumini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu yana bir bor shahar ahli va mehmonlariga mashhur astronom Mirzo Ulug‘bekning butun insoniyat ilm-fani va dunyo tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini eslatib turadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt novogo aeroporta Samarkanda
Proyekt novogo aeroporta Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Qurilish ishlariga arxitektura bo‘yicha xalqaro ekspertlar jalb qilingan: umumiy qiymati 62 million dollar turadigan aeroport loyihasi turklarning Kiklop muhandislik-qurilish kompaniyasi va mahalliy Primetime Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda, pudratchi Enter Engineering.
Sayohatchilar qulayligi uchun eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda: yo‘lovchilar va yuklarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi turidan foydalanadilar, shuningdek, samolyotga chiqishning maksimal darajada qulay tizimi qo‘llanilishi aytilmoqda.
Turisticheskaya derevnya Konigil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2021
Konigil: Samarqandning xushmanzara turistik qishlog‘iga sayohat
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jami 26ta tochka yaratiladi: ular xalqaro va mahalliy parvozlar uchun alohida-alohida bo‘ladi. Kutish zallari ham xalqaro va mahalliy parvozlar uchun turli joylarda joylashadi.
Bundan tashqari, yozgi shosseda og‘ir yukli boinglar uchun maxsus xalqaro standartga mos qo‘shimcha polosa qilingan.
Aeroportning ishchi nomi yo‘q, ammo tanlov avjida. "Amir Temur", "Mirzo Ulug‘bek", "Samarqand" nomlari taklif etilmoqda.
Obyektda qurilish ishlari joriy yil yakuniga qadar yakunlanib, u foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel premyer ministra Aziz Abduxakimov osmatrivayet ploshadku, gde idet stroitelstvo i rekonstruksiya mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda
Zamestitel premyer ministra Aziz Abduxakimov osmatrivayet ploshadku, gde idet stroitelstvo i rekonstruksiya mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021

Yangi xalqaro turistik markaz: mehmonxonalar, vino ishlab chiqaradigan sex va amfiteatr

ShHT mehmonlari, va albatta, turistlar uchun 2021-yilning oxirigacha yangi Samarqand xalqaro turistik markazini qurib bitkazish rejalashtirilgan. Kutilayotgan sammit tadbirlarining asosiy qismi Enter Engineering tomonidan barpo etilayotgan mana shu noyob obyektda o‘tkaziladi.
Kelajakda bu joyni Samarqandga butun dunyodan tashrif buyuradigan turistlar sevimli maskaniga aylantirish ko‘zda tutilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGrebnoy kanal
Grebnoy kanal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Asosiy qurilish joyi 135 gektar maydonda kechmoqda.
Universitetskiy prospekt v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2020
Samarqand ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - BP yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni aniqladi
Mashhur Eshkak eshish (Grebnoy) kanalining ikki qirg‘og‘ida: "Boqiy shahar" etnoshaharchasi, sharob ishlab chiqarish sexi, mehmonxonalar va bahaybat (umumiy maydoni 2 800 kv.metr bo‘lgan) uch qavatli Kongress-xoll joylashadi. ShHT mamlakatlari rahbarlarining sammiti va majlislar shu yerda o‘tkaziladi. Birinchi shaxslar ishtirok etadigan majlislar bo‘lib o‘tadigan zal  maydoni 65x65 metr, balandligi 14 metr.
Aytgancha, Samarqand shahrining o‘zida 160ga yaqin otellar bor, shuningdek, mehmon uylari va xostellar qurilgan.
Ammo pandemiyagacha bo‘lgan davrda turistlar oqimi katta bo‘lib, ularni joylashtirish uchun mavjud mehmonxonalardagi 7 mingga yaqin joylar ham ko‘pincha yetmay qolgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo novogo turisticheskogo sentra, gde raspolojen Grebnoy kanal.
Stroitelstvo novogo turisticheskogo sentra, gde raspolojen Grebnoy kanal. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Aynan shu bois, yangi loyihada mahalliy hukumat mehmonxona, otellarga ko‘proq e’tibor qaratgan.
Aziz Abduhakimovning aytishicha, Samarqand xalqaro turistik markazida 8ta yangi to‘rt va besh yulduzli, 1,2 ming o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxonalar bunyod etiladi (ular 7, 11 va 22 qavatli bo‘ladi).
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2020
O‘zbekiston ShHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi
Sammit ishtirokchilari va mehmonlari aynan shu mehmonxonalarda joylashtiriladi.
"O‘zbekistonda "Marokanda Park Xotel" markasi ostida o‘zining mehmonxonalar tarmog‘i shakllantirilmoqda. Otellar tarmog‘i dastlab Samarqandda ishga tushadi, umid qilamanki, kelajakda u butun respublika bo‘ylab keng tarqaladi", - dedi Abduxakimov.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev yirik mehmonxonalar qurilishi ishlarini shahar tashqarisiga chiqarish haqida topshiriq bergani ma’lum.
"Birinchidan, bu bizning moddiy-madaniy merosimiz butligini ta’minlash bo‘yicha YuNESKO talablarining bajarilishi bo‘lsa, ikkinchidan, bu yerda qad rostlayotgan barcha inshootlar barcha xalqaro talablarga to‘liq mos keladi", - deya tushuntiradi Abduhakimov.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo novogo turisticheskogo sentra, gde raspolojen Grebnoy kanal.
Stroitelstvo novogo turisticheskogo sentra, gde raspolojen Grebnoy kanal. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
"Boqiy shahar" - etnoshaharchasining qarshisida, Eshkak eshish kanaliga yaqin joyda bir vaqtning o‘zida ham xalqaro turistik markazga ham eski shahar qismiga qaraydigan amfiteatr barpo etiladi.
Shuningdek, "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali ham ushbu turistik markazda o‘tkazish belgilangan. Odatda u ikki yilda bir marta Registon maydonida o‘tkazilar edi.

Samarqand respublika Eshkak eshish kanali

Bu mahalliy diqqatga sazovor joylardan biridir. U sovet ittifoqi davrida suv sportining eshkak eshish turi bo‘yicha turli turnirlar va musobaqalarni o‘tkazish uchun barpo etilgan. Eshkak eshuvchi sportchilar aynan shu yerda mashq qilishadi.
Kanal uzunligi 2 180 metr, eni esa — 150 metrdan ortiq. U tto‘laligicha xalqaro standartlarga javob beradi. 
Pervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
Samarqandda birinchi turistik bekat ish boshladi
Markaziy Osiyo mintaqasida bu shunday yagona sport inshooti, ​​butun dunyoda esa bunaqasi bir nechta, xolos.
Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, Eshkak eshish kanali atrofida bugungi kunda turistik markazi qad rostlayotganiga qaramasdan, u sport obyekti sifatida o‘z faoliyatini zinhor to‘xtatmaydi.
Bundan tashqari, kanal funksional ahamiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hukumat davlat mablag‘lari hisobiga uning atrofida yangi sport inshootlarini barpo etadi.
Bu yerda xalqaro darajadagi turli musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Xususan, 2025-yilda O‘zbekiston Yoshlar Osiyo olimpiadasiga mezbonlik qilishi qarori qabul qilingan, suv sportining eshkak eshish turi bo‘yicha turnirlar aynan Samarqandda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, bu yerda ochiq va yopiq turdagi basseynlar qurilishi ko‘zda tutilgan.
ShHTning Samarqanddagi sammiti O‘zbekistonda o‘tkazilgan to‘rtinchi sammit bo‘ladi. Ilgari xalqaro miqyosdagi bunday muhim tadbir 2004, 2010 va 2016-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0