Qashqadaryoda YPX xodimining bayonnomasi bekor qilindi, o‘ziga esa jazo qo‘llandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishJezl inspektora DPS
Jezl inspektora DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhali video tarqalgan edi. Video o‘rganilgan va YPX xodimiga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan. Shuningdek, u rasmiylashtirgan ma’muriy bayonnoma bekor qilingan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Qashqadaryoda ichki ishlar vazirining meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.
YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, xodim J.Qurbonovga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Uning fuqaro B.X.ga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-modda (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar)si 1-qismining 1-bandi tartibida bekor qilingan.
28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.
Video lavha o‘rganilganda, 20-yanvar kuni 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimi J.Qurbonov tomonidan “Neksiya” rusumli avtomobil 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi uchun to‘xtatilganligi va haydovchi B.X.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.
V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2020
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi
Qarshi shahar “Beklar” MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati asosida ushbu kilometrda orqaga qayrilib olish joyi ochilgan.
Qayrilib olish joyida yo‘l harakatini tashkil etish va yo‘l belgilari bilan boshqarish sxemasi tegishli idoralar bilan kelishilgan holda 2021-yil 14-yanvar kuni tasdiqlangan.
Tasdiqlangan sxemada ko‘rsatilib o‘tilgan 5.11.1 “Qayrilib olish joyi”, 7.1.1 “Manzilgacha bo‘lgan masofa”, 5.8.1 “Bo‘laklar bo‘yicha xarakat yo‘nalishi” yo‘l belgilari o‘rnatilmaganligi hamda 1.6 (yaqinlashish chizig‘i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig‘iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘i chizilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0