00:39 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
156 0 0

Maktab bitiruvchisi 6-11 sinflarda jami fanlardan olgan oʻtracha bahosi OTMga kirish imtihonida qoʻshimcha ball sifatida foydalanish mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 2 fev - Sputnik. Kelgusi 2023–2024 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarning soʻnggi 6 yil davomida toʻplagan oʻrtacha ballari oliygohga kirishda  hisobga olinishi mumkin.

Bu haqida Vazirlar Mahkamasi  tashabbusi bilan eʼlon qilingan yangi qaror loyihasida aytib oʻtilgan.

"2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilishi va ushbu koʻrsatkich 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan qaror loyihasida.

Oʻrtacha ball qanday hisoblanadi?

Bitiruvchilari bahosining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yigʻindisi har bir sinfdagi oʻqigan fanlar sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.

Kirish imtihonida hisobga olish tartibi qanday?

Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan soʻng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida toʻplagan ballariga tegishli taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlari qoʻshiladi va tanlov amalga oshiriladi.

Loyihada aytilishiga koʻra, ushbu oʻrtacha koʻrsatgichni hisobga olishda, oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining baholari qayd etib boriladigan elektron platforma va “elektron kundalik” tashkil qilinadi va u kelajakda Davlat Test markazining ABITUR dasturiga integratsiya qilinadi.

Mazkur Tartib harbiy taʼlim muassasalariga va Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.

Qonun loyihasi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular