09:24 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

Endi Oʻzbekistonga 3 mln dollar investitsiya kiritgan va "Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari ushbu huquqqa ega boʻldi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar qilmoqda.

Oʻzbekistonda "propiska"ni endi onlayn rasmiylashtirish mumkin

Unga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatiga quyidagilar kiritildi:

  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • Oʻzbekiston hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) hamda ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
  • “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibiga oʻzgartirish kiritilishi xabar qilingan edi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, propiska, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular