Butina latviyalik rusiyzabon jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlab piketga chiqdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOdinochnie piketi u posolstva Latvii v Moskve
Odinochnie piketi u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Butinaning aytishicha, bu harakat bilan latviya hukumati odamlarning og‘zini yopishga va alternativ nuqtayi-nazarni ayttirmaslikka harakat qilishmoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Amerika qamog‘idan ozod etilgan rossiyalik, Jamoatchilik palatasi a’zosi Mariya Butina TIV Qabullar uyi yonida yakka o‘zi piketga chiqdi. U bu harakati orqali Latviyadagi so‘z erkinligi inqirozi va rusiyzabon jurnalistlarning siquvga olinishi masalasiga xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qilmoqchi.
Odinochnie piketi u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
Ushbu aksiya Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning shvetsiyalik hamkasbi, hozirda Moskvada OBSEning amaldagi raisi sifatida bo‘lib turgan Ann Linde bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar oldidan amalga oshirildi.
"Men Latviyada bizning qatandoshlarimiz, latviyalik jurnalistlar bilan ro‘y berayotgan qonunsizlikka uning (Linde - tahr.) e’tiborini jalb qilish uchun shu yerga keldim. 3-dekabr kuni ularni o‘ta shafqatsiz tarzda tintuv qilishdi. Ularga qarshi Rossiya OAVlari bilan hamkorlik qilganliklari uchun jinoiy ishlarni qo‘zg‘atishdi", - dedi Butina jurnalistlarga.
Butinaning aytishicha, bu harakat bilan latviya hukumati odamlarning og‘zini yopishga va alternativ nuqtayi-nazarni ayttirmaslikka harakat qilishmoqda.
"Yagona nuqtayi-nazar bo‘lgan dunyoni tasavvur qilishning o‘zi dahshat. Shu uchun men bugun bu yerdaman", — deb qo‘shimcha qilgan Butina.
Lavrov: Rossiya ne sobirayetsya vklyuchat Karabax v svoy sostav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2021
Latviyada Baltnews.lv va Sputnik'ga bosim o‘tkazishni to‘xtatishni talab qilamiz - Lavrov
U shuningdek, Rossiya Yevropa fuqarolari uchun huquq va erkinliklar kafolati bo‘lgan OBSEga bir necha marotaba murojaat qilganini va ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berishni so‘raganini, ammo shu vaqtgacha javob bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.
"Biz bu javobni talab qilamiz. Umid qilamanki, mening bugungi men uchun so‘zlab turgan ushbu plakat bilan bu yerdagi ishtirokimga munosabat bo‘ladi. OBSE bizning vatandoshlarimiz bilan Latviyada ro‘y berayotgan holatlarni qoralashi va tegishli choralarni ko‘rishi kerak", - deb ta’kidlagan Butina.
Butinaning qo‘lidagi plakatda ingliz tilida: "Latviyada jurnalistlarga bosimni to‘xtating", deb yozilgan.
Boltiqbo‘yi davlatlari hukumati Rossiya OAVlari faoliyatiga muntazam ravishda to‘sqinlik qilib kelishadi. Rossiya TIV ta’kidlaganidek, Tallin, Riga va Vilnyus harakatlarida muvofiqlashtirilganlik belgilari aniq ko‘rinib turibdi, Baltiya mamlakatlarida OAVning siquvga olinishi holatlari esa ushbu davlatlarning demokratiya va so‘z erkinligi tamoyillariga sobitligi haqidagi bayonotlari amalda qanday ekanligini namoyon etmoqda.
Vladimir Linderman - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2021
“Maqsad – qo‘rqitib qo‘yish”: Latviyada qo‘lga olingan rusiyzabon jurnalist Vladimir Linderman
Dekabr oyida rusiyzabon latviyalik jurnalistlarni, jumladan, Baltnews portali va Sputnik Latviya bilan hamkorlik qiluvchi jurnalistlarni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzganlikda ayblashdi. Ularni tintuv qilishdi, jurnalistlardan Latviya chegarasidan chiqmasliklari haqida tilxat olingan. Ular jarima to‘lashlari yoki qamoqqa olinishlari mumkin. "Sputnik Latviya" va Baltnews "Rossiya segolnya" mediagruppasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ushbu OAVlar uchun yozadigan latviyalik jurnalistlar ular xodimlari hisoblanmaydi, balki shunchaki shtatdan tashqari mualliflardir.
Rossiya TIV Latviya hukumatining xatti-harakatlarini jazolash aksiyasi va demokratik jamiyat - OAV erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga qarshi chiqishning chidab bo‘lmas namunasi deya atamoqda.
Bundan tashqari, jurnalistlar buzganlikda ayblanayotgan sanksiyalar personal xarakterga ega bo‘lib, faqatgina "Rossiya segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselovga tegishlidir. Ya’ni bu sanksiyalar mediaxolding bilan hamkorlik qiladigan barchaga ta’sirini o‘tkaza olmaydi. "Rossiya segodnya" XAA va RT bosh muharriri Margarita Simonyan Rossiya rusiyzabon jurnalistlarga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarga javob qaytarishiga umid bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0