Har bir partiya o‘z dasturiy maqsadlarini ilgari surishi muhim - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Prezident huzuridagi uchrashuvda har bir partiya o‘z dasturiy maqsadlarini Parlamentga faol olib chiqishi, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surishi muhimligi qayd etildi.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni O‘zbekiston siyosiy partiyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida islohotlarni amalga oshirishda, jamiyat huquq va manfaatlarini himoya qilishda partiyalar o‘rni va rolini oshirish masalalari muhokama qilindi. 
Har bir partiya o‘z elektorati bilan ishlashi, dasturiy maqsadlarini Parlamentga faol olib chiqishi, o‘z fraksiyalari orqali qonunchilik tashabbuslarini ilgari surishi va qonunlar ijrosini ta’minlashni nazoratiga olishi muhimligi haqida fikr almashildi.
Partiyalar roli, ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topishda hamda Parlament va jamoatchilik nazoratini olib borishda muhimligi qayd etildi.
Partiyalar o‘z elektorati, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar bilan ishlash, ularning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashishi zarurligi haqida yakdil fikr bildirildi.
Prezident huzuridagi uchrashuvda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbarlari ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s liderami politicheskix partiy
Mirziyoyev vstretilsya s liderami politicheskix partiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Yangiliklar lentasi
0